Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 03.12.2022



09:15:29 (GMT +5), Дш, 5 дек 2022

Ozarbayjon davlat xizmatlarini koʻrsatish agentligining innovatsion rivojlantirish markazi direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Ozarbayjon davlat xizmatlarini koʻrsatish agentligining innovatsion rivojlantirish markazi direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

s


Joriy yilning 24-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Xudayor Meliyev hamda Ozarbayjon davlat xizmatlarini koʻrsatish agentligining innovatsion rivojlantirish markazi direktori Hasil Abbasov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yaratilayotgan qulayliklar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan tezkor va sifatli davlat xizmatlari, shuningdek sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Samarali muloqot soʻngida tomonlar aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tajriba bilan vazirlik masʼul vakillarini tanishtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qo‘yish boʻyicha kelishib oldilar.