Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.12.2022



13:14:14 (GMT +5), Сш, 6 дек 2022

Muallif yaratgan asarini o‘ziga o‘zi pochta xizmati yoki rasmiy elektron pochta orqali yuborishi mumkin

Muallif yaratgan asarini o‘ziga o‘zi pochta xizmati yoki rasmiy elektron pochta orqali yuborishi mumkin


Muallif o‘z asarini o‘ziga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi dalillarni yaratishi mumkin. Ya‘ni muallif o‘ziga tegishli bo‘lgan asar nusxasiga yaratilgan sanani qo‘yib, uni imzolaydi va pochta orqali o‘ziga jo‘natadi.

Qabul qilingan konvert ochilmaydi. Agar nizo yuzaga kelsa, pochta markasi ish yuborilgan sanadan oldin yaratilganligini tasdiqlaydi. Pochta orqali muallifning o‘z asarini o‘ziga yuborish usuli qog‘ozga tushiriladigan yoki diskka yoziladigan ishlarga mos keladi.  

Ziddiyatli holatlarda mazkur pochta markalari soxtalashtirilgan degan fikrlar ham bo‘lishi mumkin, ammo elektron pochta orqali yuborilgan nusxalar hech qanday e’tirozlarga sabab bo‘la olmaydi.