Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 07.12.2022



01:32:40 (GMT +5), Пш, 8 дек 2022

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi

Аҳамият беринг

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 4-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vengriya Respublikasi adliya vazirligi oʻrtasida adliya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning maqsadi oʻzaro manfaatdorlik, tenglik va muvofiqlik asosida huquq va adliya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni ragʻbatlantirish va rivojlantirishga qaratilgan institutsional aloqalar uchun asos yaratishdir.

Memorandum doirasida qonun ijodkorligi, qonun hujjatlarini tizimlashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, fuqarolik qonunchiligini hamda maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish hamda ikki tomon uchun oʻzaro manfaatli boʻlgan boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Imzolangan hujjat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, jumladan, ikki mamlakat adliya vazirliklari oʻrtasida huquq va adliya sohalarida samarali hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.