Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 07.12.2022



10:17:09 (GMT +5), Чр, 7 дек 2022

2 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Аҳамият беринг

2 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi


Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius N. Mambetniyazova faoliyatida notariat sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan rejali tekshirish natijasi bo yicha bir qator kamchiliklar aniqlangan va mazkur holat yuzasidan malaka komissiyasiga 2022-yil 21-sentabr kuni taqdimnoma kiritilgan.

Malaka komissiyasining 2022-yil 23-sentabr kuni bo’lib o‘tgan 13-sonli majlis qaroriga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 233-um-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N. Mambetniyazovaning 2020-yil 23-aprel kungi QR 0041-sonli litsenziyasining amal qilish muddati 24-sentabr sanasidan e'tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatib turilganligini ma'lumot uchun yetkazamiz.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 29-sentabrdagi 201-um-sonli buyrug‘iga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I. Xatamovga tegishli SI 0018-sonli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 1-oktabr kunidan 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi.