Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.12.2022



13:52:09 (GMT +5), Сш, 6 дек 2022

Nufuzli xalqaro reytingda O‘zbekiston o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi

Аҳамият беринг

Nufuzli xalqaro reytingda O‘zbekiston o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi


Joriy yilning 23-sentabr kuni Boshqaruv sifati indikatorlarining (Worldwide Governance Indicators) 2021-yil yakunlari bo‘yicha natijalar e’lon qilindi.

Boshqaruv sifati indikatorlari Jahon banki tomonidan 1996-yildan buyon har yili mamlakatlarda boshqaruv sifati darajalarini baholab keladi. Baholash “Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi”, “Hukumat samaradorligi”, “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik”, “Tartibga solish sifati”, “Huquq ustuvorligi” va “Korrupsiyani tiyib turish” yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. O‘zbekistonning ushbu reytingda baholanishi xalqaro hamjamiyatdagi mamlakatimizning ijobiy imidjini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

Boshqaruv sifati indikatorlarini shakllantirishdaumumiy hisobda 30 ta axborot manbalaridan foydalaniladi. O‘zbekistonning ko‘rsatgichlarini hisoblashda oldingi yildan farqli o‘laroq, 16 ta (“The Economist Intelligence Unit”, “Freedom House”, “Osiyo taraqqiyoti banki”, AQSH davlat departamenti, “Bertelsman fondi” va boshqa ko‘plab tashkilotlar)axborot manbasidan foydalanilgan.

O‘zbekistonni baholashda yangi qo‘shilgan axborot manbasi sifatida “Siyosiy xavf xizmatlari xalqaro mamlakat risklari bo‘yicha qo‘llanmasi”ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Yangilangan reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning barcha 6 ta indikatorlaridagi natijalarisezilarli darajada o‘sdi.

Jumladan, “Hukumat samaradorligi”ko‘rsatgichida O‘zbekiston 208 ta mamlakat orasida116-o‘rinni egallab, avvalgi natijasini 22 pog‘onagayaxshiladi.

“Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi” ko‘rsatgichida natijamiz 19 pog‘onaga o‘sib 130-o‘rinda qayd etildi.

“Tartibga solish sifati” yo‘nalishidarespublikamizning o‘rni sezilarli darajada, 33 pog‘onaga o‘sdi. Bu borada O‘zbekiston 144-o‘rinda qayd etildi.

 Mamlakatimizning “Korrupsiyani tiyib turish”indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilanib 161-o‘rinda qayd etilgan.

“Huquq ustuvorligi” yo‘nalishida mamlakatimiz168-o‘rin (+13 pog‘ona), “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” ko‘rsatgichi bo‘yicha 182-o‘rinda (+12 pog‘ona) qayd etildi.

“Tartibga solish sifati” ko‘rsatgichidamamlakatimizning 33 pog‘onaga o‘sishiga bu boradaso‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar xizmatqildi.

Xususan, norma ijodkorligi sifatini oshirishmaqsadida tartibga solish ta’sirini baholash institutijoriy etildi. Huquqiy ekspertiza turlari korrupsiyagaqarshi va gender-huquqiy ekspertizalari orqalikengaytirildi.

Bu borada Adliya vazirligi tashabbusi bilanso‘nggi bir necha yil ichida 4000 dan ortiq o‘zahamiyatini yo‘qotgan hujjatlar tartibga soluvchigil’otina usuli yordamida bekor qilindi. Natijadaamaldagi qonunchilik 10 foizga qisqartirildi.

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan YangiO‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiqnavbatdagi maqsad “tartibga solish yuki”nikamaytirish, qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish.

Shuningdek, qonun hujjatlarini kodifikatsiyalashishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Investitsiyalar vainvestitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabulqilingan boʻlib, unda 3 ta qonun hamda 50 dan ortiqqonunosti hujjatlarini birlashtirgan. Shu bilan birqatorda, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardorqilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun qabulqilinib 100 dan ortiq qonun osti hujjatlari bekorqilindi.

Ta’kidlash joizki, huquqiy bazaniixchamlashtirish bo‘yicha ishlar tizimli ravishdaamalga oshirilmoqda. Jumladan, Adliya vazirligitomonidan “Tadbirkorlik kodeksi” loyihasi ishlabchiqilgan bo‘lib u bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunostihujjatlari birlashtirilmoqda.

Bundan tashqari, byurokratiyani qisqartirishmaqsadida ushbu kodeks loyihasida tadbirkorlikfaoliyatidagi amaldagi tekshiruvlar soni 2 barobarqisqartirilishi nazarda tutilgan.

“Hukumat samaradorligi” ko‘rsatgichidamamlakatimizning o‘rni yaxshilanishi ma’muriyislohotlar bilan bog‘lash mumkin.

Bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi ishlar 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonma’muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlabchiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiyustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshirilmoqda.

Bu borada 2022–2026-yillarga mo‘ljallanganYangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida“Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikkaxizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriyqilish”, “Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriyapparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarinimaqbullashtirish”, “Davlat fuqarolik xizmati tiziminizamonaviy standartlar asosida tashkil etish” maqsadlarini amalga oshirish belgilangan.