Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.12.2022



13:23:49 (GMT +5), Сш, 6 дек 2022

Huquqiy axborotni tarqatish va targ‘ibotni amalga oshirish bo‘yicha maxsus seminar tashkil qilindi

Аҳамият беринг

Huquqiy axborotni tarqatish va targ‘ibotni amalga oshirish bo‘yicha maxsus seminar tashkil qilindi


Bugun – 27-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan  shaklda vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida hamda mahalliy hokimliklarda huquqiy axborotni tarqatish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishni tashkil etish boʻyicha ananaviy va masofaviy maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida qonunchilik hujjatlarini davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga yetkazishda manzilli va samarali ishni tashkil qilish yuzasidan tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash bo‘yicha maxsus elektron portalni yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan muammolar tahlil qilinib ularni bartaraf qilish yuzasidan yechim va takliflar ilgari surildi.

Bundan tashqari, seminarda Hukumat qarori talablari asosida davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash maqsadida har 3 yilda bir marotaba maxsus portal orqali masofaviy bepul o‘qishi kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ijrosi muhokama qilindi.