Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 03.12.2022



06:39:07 (GMT +5), Дш, 5 дек 2022

Gender xalqaro reyting va indekslarda

Gender xalqaro reyting va indekslarda


2022 yilning 21-23 sentabr kunlari Adliya vazirligi tomonidan USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohot bo‘yicha dasturi bilan hamkorlikda “Xalqaro reyting va indekslarda gender masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga bag‘ishlangan.

Ushbu maqsadga erishish yo‘lida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ilk bor “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi maxsus qonunlar qabul qilindi.

Ushbu qonunlarda gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar, gender-huquqiy ekspertiza, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish, zo‘ravonlik, tazyiq kabi tushunchalarga ta’rif berildi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Ushbu Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasida oila institutining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Gender tenglikka erishish darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida mamlakatimizning o‘rnini oshirish, 2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturida ham nazarda tutilgan.

Bu boradagi say’-harakatlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” (Women, Business and the Law) indeksi O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatiga kiritildi.

Yuqoridagi masalalar uch kun davomida tashkil etilgan seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Advokatlar palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huquqiy xizmatlar bo‘limlari vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.