Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.10.2022



09:21:27 (GMT +5), Пш, 6 окт 2022

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislariga "Yozgi maktab" tashkil etildi.

Аҳамият беринг

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislariga "Yozgi maktab" tashkil etildi.


Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Vazirlikning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun masʼul xodimlari uchun joriy yilning 21-23-sentyabr kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Olmos” maskanida Yozgi maktab tashkil etildi.

Yozgi maktab treningi davomida xodimlar davlat xizmatlarining raqamli transformatsiyasi, barqaror rivojlanish strategiyasi, raqamli davlat qurishda muammolar, biznes jarayonlarini soddalashtirish, loyihalarni samarali boshqarish, elektron hukumat arxitekturasi, mobil elektron hukumat, shaxsni identifikatsiyalovchi raqamli pasport, sunʼiy ong, Markaziy Osiyoda elektron hujjatlarning oʻzaro tan olinishi qulayliklari, ushbu faoliyatda xalqaro va Qozogʻistonning “Zerde” Xolding tajribasi, boshqaruv modellari va aniq maʼlumotlarga tayangan holda qarorlar qabul qilish, korxonalar rivoji va tanazzuli sabablari va xavflarni boshqarish oʻrganildi.