Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi


2022-yil 21-sentabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muhammadiev Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Adliya vaziri o‘rinbosari A. Muhammadiev Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari H. Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyati va tizimi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Sherzod Rabiyev tomonidan Markazda yuristlar malakasini oshirishga qaratilgan faoliyatlar hamda islohotlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

O‘z o‘rnida, Turkiya delegatsiyasi vakillari Turkiya Adliya vazirligining O‘zbekiston Adliya vazirligidan farqli jihatlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Shu bilan birga, tomonlar adliya va huquq sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganini taʼkidlashdilar.

Uchrashuv yakunida, tomonlar ikki davlat adliya va huquq sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan faoliyatlarini yanada kengaytirishga kelishib olishdilar.

Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi.