Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.10.2022



09:42:24 (GMT +5), Пш, 6 окт 2022

Adliya vazirligi “Jadid tafakkuri” nomli stipendiya uchun tanlov e’lon qiladi.

Аҳамият беринг

Adliya vazirligi “Jadid tafakkuri” nomli stipendiya uchun tanlov e’lon qiladi.


Stipendiya tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilarda jadidchilik namoyandalarining davlat huquqi, adolatli jamiyat, inson huquqlari, milliy davlatchilikka oid g‘oyalarini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, yoshlar orasida Vatanga sadoqat va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, bo‘lajak huquqshunoslarda novatorlik, ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ta’sis etildi.

Topshirish vaqti: har yili oktabr oyining 1-haftasi (2022-yil istisno tariqasida 8-dekabr arafasi)

Yo‘nalish:

a) lisey va texnikumlar o‘quvchilari.

b) universitet talabalari.

Tanlov 2 bosqichdan iborat.

1-bosqichda nomzodning bilimi (jadidlarining faoliyati, huquqiy qarashlariga oid test hamda esselar);

2-bosqichda dunyoqarashi (zamonaviy fikrlashi, keng dunyoqarashi va takliflari) sinovdan o‘tkaziladi.

Tanlov haqida yaqin kunlarda batafsil ma’lumot beriladi.

Turma – yugur,

Tinma – tirish,

Bukilma – yuksal!