Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 05.10.2022



17:38:02 (GMT +5), Чр, 5 окт 2022

Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunni amaliyotda tatbiq qilish yuzasidan maxsus qoʻllanma ishlab chiqiladi

Аҳамият беринг

Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunni amaliyotda tatbiq qilish yuzasidan maxsus qoʻllanma ishlab chiqiladi


Joriy yilning 16-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Xudayor Meliyev hamda Yaponiya Adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti hamda Tadqiqot va trening instituti direktori Naito Sintaro boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida” Qonunning “qonuniylik” va “mutanosiblik” prinsiplari, ularni amaliyotda qoʻllanilishi va muhim tomonlari, bu boradagi Yaponiya va Oʻzbekiston tajribalari boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Delegatsiya tashrifidan maqsad — 2017 yilda boshlangan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunni amaliyotda tatbiq qilish yuzasidan maxsus qoʻllanma tayyorlash boʻyicha qoʻshma loyihasi doirasida Adliya vazirligi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Oliy sud, Sudyalar oliy maktabi va Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari ishtirokidagi ishchi guruh bilan amaliy seminarlar oʻtkazish, fikr va mulohazalar almashish.

Maʼlumot uchun: Yaponiya tomoni bilan hamkorlikda 2017-yildan beri qator tadbirlar amalga oshirilgan. 2019-yilning 13-martida ikki davlat Adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan va unga asoslanib Yaponiya mutaxassislari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat boʻlgan ishchi guruh tomonidan Qoʻllanmani ishlab chiqish boʻyicha ishlar boshlangan.