Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.10.2022



08:23:31 (GMT +5), Пш, 6 окт 2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Аҳамият беринг

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi


Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Tadbir doirasida sayyor qabullar va taniqli san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Vaqti va sanasi: 16—17-sentabr kunlari, 10.00 dan 17.00 gacha

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

Barchani yarmarkada faol ishtirok etishga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chaqiramiz!