Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.10.2022



09:44:24 (GMT +5), Пш, 6 окт 2022

Adliya vazirligi inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi surxondaryoda

Adliya vazirligi inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi surxondaryoda


Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining Ishchi guruhi hududlarda bo‘lib, xodimlarning ish faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularda mavjud muammolar va bevosita tizim foliyatini yanada takomillashtirishga oid takliflari bilan tanishmoqda.

Jumladan, joriy yilning 15-17avgust kunlari ishchi guruhi Surxondaryo viloyatidagi barcha tuman (shahar)larda bo‘lib, adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlari bilan muloqotda bo‘lishib, xodimlarning amaliy faoliyati, xizmat vazifalarini o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiqligi va umuman kadrlarni qiynab kelayotgan barcha masalalar, ijtimoiy himoya masalasiga oid jihatlarni joyiga chiqqan holda manzilli o‘rganmoqda.

Shu bilan birga, xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi. hamda ularning bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Ishchi guruhi tomonidan xodimlar bilan o’tkazilayotgan ochiq muloqot davomida ularning jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga oid taklif va tashabbuslariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.