Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 18.08.2022



01:23:46 (GMT +5), Жм, 19 авг 2022

Adliya vazirligi davlat idoralarini The World Justice Challenge tanlovida ishtirok etishga chaqiradi

Adliya vazirligi davlat idoralarini The World Justice Challenge tanlovida ishtirok etishga chaqiradi


2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida O‘zbekistonning global ahamiyatga molik yirik tadbirlarda (xalqaro tashkilotlar doirasida va xorijiy hamkorlar bilan sherikchilik asosida hamda ikki tomonlama hamkorlik darajasidagi konferensiya, forum, seminar va davra suhbatlari) mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyasi hamda umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ana shunday tadbirlardan biri “The World Justice Project” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan “The World Justice Challenge” tanlovidir.

Ta’kidlash joizki, ushbu tashkilot Qonun ustuvorligi indeksini (Rule of Law Index, World Justice Project) ham tuzadi.

 “The World Justice Challenge” tanlovi, qoida tariqasida, har yili tashkil etiladigan “World Justice Forum” forumi doirasida amalga oshiriladi va tanlov g‘oliblarini aniqlanadi.

Tanlovning maqsadi ilg‘or tajribalarni, shuningdek, qonun ustuvorligini himoya qiluvchi va mustahkamlovchi yuqori samarali loyihalar va tashabbuslarni e’tirof etish va ilgari surishdan iborat.

Mazkur tanlov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ilg‘or tashabbuslarni xalqaro miqyosda e’lon qilish uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.

Bundan tashqari, har bir g‘olib 20 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lib, undan turli maqsadlarda, jumladan, tegishli tashabbusni rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.

Yuqorida ta’kidlangan tanlovda ishtirok etish tartibini tushintirish maqsadida, 2022-yil 5-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan “Zoom” platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari vakillari uchun o‘quv vebinari o‘tkazildi.

Vibinar davomida, tadbir ishtirokchilari bilan “The World Justice Challenge” tanloviga arizalarni to‘g‘ri to‘ldirsh va odlingi o‘tkazilgan tanlovda g‘olib sifatida topilgan tashabbuslar o‘rganib chiqilib tahlil qilindi.

Adliya vazirligi milliy tashabbuslarni jahon miqyosida ilgari surishni qo‘llab-quvvatlagan holda davlat organlari va tashkilotlarni bu borada faolikka chaqirib qoladi.