Adliya vazirligi tomonidan “Camp Law” yozgi maktab ishtirokchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Аҳамият беринг

Adliya vazirligi tomonidan “Camp Law” yozgi maktab ishtirokchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.


Xabaringiz bor, TDYU tomonidan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Camp Law” yozgi maktab loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Yozgi maktab dasturidan o‘zbek va rus tillarida qiziqarli dars mashg‘ulotlari, Legal English darslari, davlat tashkilotlariga tashriflar, qiziqarli tanlovlar hamda yirik loyihalar o‘rin olganligi bois loyiha ishtirokchilari Adliya vazirligiga tashrif buyurishdi.

Ishtirokchilar vazirlikning Markaziy apparati mas’ul xodimlari  tomonidan vazirlik tizimidagi adliya organlari va muassasalari, vazirlikning tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, tarkibiy bo‘linmalarning ish jarayoniga oid asosiy ma’lumotlari, shuningdek, vazirlik muzeyi hamda vazirlik kutubxonasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Ishtirokchi yoshlar vazirlik va muzey bo‘ylab ekskursiya davomida huquqshunoslik sohasi, uning tarixi, adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida ishtirokchilar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik ta’limni davom ettirish hamda kelajakda adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida mas’ullar tomonidan taqdimotlar ham o‘tkazildi.