Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 17.08.2022



04:41:39 (GMT +5), Пш, 18 авг 2022

Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi

Аҳамият беринг

Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ–4751-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq "Kiberxavfsizlik markazi" DUK davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta'minlanganligi holati yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha reyting baholash o‘tkazib kelmoqda.

Ushbu reyting natijalari Kiberxavfsizlik markaziga davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma'lumotlar asosida shakllantiriladi.

Kuni kecha 2022-yil II chorak yakuni bo‘yicha reyting natijalari e'lon qilindi (csec.uz).

Ushbu reytingga ko‘ra Adliya vazirligi 97.3 ball bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, kuchli uchlikdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasi o‘rin oldi.