Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.10.2022



10:00:35 (GMT +5), Пш, 6 окт 2022

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining Ishchi guruhi Sirdaryoda

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining Ishchi guruhi Sirdaryoda


Ayni kunlarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining Ishchi guruhi Sirdaryoda. Joriy yilning 2-3 avgust kunlari rejalashtirilgan ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish hamda ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishish.

Dastlabki kunda Ishchi guruhi tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlarining tizimda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni o‘zlashtirganligi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,  mehnat intizomi va qonunchilikka rioya qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Jarayonda kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash yuzasidan profilaktik tushuntirshlar olib borildi.

 Shuningdek, xodimlarni qiynayotgan muammolar, ish samaradorligini oshirish, jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ularning takliflari tinglandi.

 Ishchi guruhining Sirdaryodagi o‘rganishlari davom etmoqda.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
 Jamoatchilik bilan aloqalar bo'lim