Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 18.08.2022



03:09:46 (GMT +5), Жм, 19 авг 2022

Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash koʻzda tutilmoqda

Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash koʻzda tutilmoqda


2022-yil 2-avgust kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi (https://senat.uz/uz/lists/view/4686).

Unda senatorlar, qoʻmita huzuridagi ekspert guruhi aʼzolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, vazirlik va idoralar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun shular jumlasidandir. Qonun loyhasiga koʻra, nikohni qayd etishning bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos boʻluvchi holatlar bekor qilinmoqda. Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash koʻzda tutilmoqda.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan majlisda koʻrilgan masalalar boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.