Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 17.08.2022



05:13:27 (GMT +5), Пш, 18 авг 2022

102 nafar mansabdor shaxsga intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanildi

Аҳамият беринг

102 nafar mansabdor shaxsga intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanildi


Fargʻona viloyatida adliya organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida joriy yilda 5 mingdan ziyod qonun buzilishi holati aniqlandi.

Mazkur holatlarning 4 853 tasi muddat buzilishi, 152 tasi vakolatli organlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri davlat xizmatlari koʻrsatilishi, 11 tasi ortiqcha hujjatlar talab qilinishi, 308 tasi murojaatlarning asossiz rad etilishi, 60 tasi boshqa turdagi qonun buzilishlariga toʻgʻri keladi.

Korxona va tashkilotlar kesimida tahlil qilinganida qonun buzilishi holatlarining aksariyati gaz, elektr, suv korxonalari, kadastr, sogʻliqni saqlash, soliq va qurilish idoralariga toʻgʻri kelmoqda.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarining oldini olish hamda bartaraf etish maqsadida vakolatli organlarga 64 ta taqdimnoma kiritilib, 59 nafar mansabdor shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi hamda 63 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 102 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanildi, shundan 4 nafar masʼul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.