Kontrafakt alkogol mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi
Kontrafakt alkogol mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi
Ma’lumki, alkogol mahsulotlari inson salomatligiga zarar yetkazadi, ayniqsa u kontrafakt ya’ni tovar nomidan noqonuniy foydalanish orqali iste’molchini adashtirishni maqsad qilsa, ikki baravar ziyondir.
Joriy yilning 21-iyun kuni Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi tomonidan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish va kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘illanuvchi do‘konlarda kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularning savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kuzatuv profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Kuzatuv tadbirlari davomida 100 dan ortiq kontrafakt alkogol mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi.
Hurmatli iste’molchilar, kontrafakt mahsulotlardan o‘zingiz va oilangizni asrang!