Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 25.06.2022



05:07:12 (GMT +5), Дш, 27 июн 2022

Intellektual mulk sohasida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

Аҳамият беринг

Intellektual mulk sohasida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi


Adliya vazirining 2022-yil 4-iyundagi tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 8 – 17-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Adliya boshqarmalarining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari xodimlarini intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Intellektual mulk departamentida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar o‘quv va amaliy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Amaliy mashg‘ulotlar kunning birinchi yarmida o‘tkazilib, bunda tinglovchilar ishchi guruhlarga bo‘linib, har bir ishchi guruhga Intellektual mulk departamenti xodimlari biriktirildi hamda Toshkent shahrida joylashgan bozorlarda kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha, shuningdek Toshkent shahri bo‘ylab tumanlar kesimida xizmat ko‘rsatish belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari bo‘yicha kuzatuv tadbirlari amalga oshirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilib, tinglovchilar sanoat namunalari; tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari; intellektual mulk obyektlari muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha nazariy bilimlarni egallashdi.

O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar yakunida imtihondan o‘tgan tinglovchilarga “Sanoat mulki obyektlarining kontrafakt nusxalarini aniqlash bo‘yicha maxsus o‘quv dasturini ta’momlaganlik to‘g‘risida”gi sertifikatlar topshirildi.