Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.05.2022



14:30:53 (GMT +5), Пш, 26 Мая 2022

Baholash faoliyatida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi.

Аҳамият беринг

Baholash faoliyatida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida baholash faoliyatida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbati davomida davlat sud ekspertiza muassasalari ekspertlari hamda baholovchi tashkilotlar tomonidan foydalanilayotgan mavjud baholash standartlarini yanada takomillashtirish, baholash faoliyatiga doir doimiy ravishda malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish hamda xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini inobatga olgan holda sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir soʻngida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik qilinadigan yoʻnalishlar belgilab olindi.

Аdliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi