Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 18.08.2022



01:01:41 (GMT +5), Жм, 19 авг 2022

Yangi tahrirdagi “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi

Аҳамият беринг

Yangi tahrirdagi “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi


Bugun, 12 may kuni Senatning Sud-xuquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ekspertlar guruhi tomonidan yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Muhokamada senator va ekspertlar amaldagi Qonunning ijrosi to‘liq taʼminlanamayotganligi, normalar aniq va tushunarsiz bo‘lib qolganligi, maʼmuriy tartib-taomillar yo‘nalishlarini to‘liq qamrab olmaganligi qayd etildi. Bu esa, o‘z navbatida, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga yetarli emasdir.

Yangi tahrirdagi Qonunning maqsadi, vazifalari hamda qo‘llanilish sohasi yana-da kengaytirilib, u o‘zboshimchalikni va vakolatning suiisteʼmol qilinishini taqiqlash, huquqni qo‘llashni rad etishga yo‘l qo‘ymasligi kabi yangi prinsiplar bilan boyitilgan.

Yig‘ilishda ushbu Qonun bo‘yicha tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy tarmoqlardagi hamda fuqarolardan kelib tushgan takliflar ham muhokama qilindi.

Jumladan, maʼmuriy tartib-taomillarning prinsiplari, maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari, shuningdek, maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy institutlari, xususan, tegishli tarzda xabardor qilish, manfaatdor shaxslarni tinglash, maʼmuriy hujjat, maʼmuriy shikoyat va maʼmuriy hujjatni ijro qilish bilan bog‘liq normalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ekspertlar qayd etgandek, mazkur Qonunni ishlab chiqishda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xususan, Germaniya Federativ Respublikasi, Latviya, Litva, Estoniya, Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlari tajribasi chuqur o‘rganilgan.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazuvchi davlat organlari xodimlarining ehtimoli bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilishga, maʼmuriy tartib-taomillarning yagona mexanizmini joriy etishga, maʼmuriy organlar tomonidan maʼmuriy huquqiy faoliyat sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

senat.uz