Norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha mutaxassislarning malakasi oshirilmoqda.
Norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha mutaxassislarning malakasi oshirilmoqda.
Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va mutaxassislarining norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.
Oʻquv kurslarida YUMOM professor-oʻqituvchilari, tajribali amaliyotchi mutaxassislar, olimlar va xorijiy ekspertlar tomonidan dars mag‘ulotlari olib borilmoqda.
Oʻquv jarayonida tinglovchilar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqilishini tashkil qilish, rejalashtirish, tashabbus qilish va tayyorlash, loyihalarga ilova qilinadigan axborot-huquqiy materiallarni yuridik texnik jihatdan rasmiylashtirish tartibi, vazirlik va idoralarning Qonun loyihasi konsepsiyasi, tahliliy va axborot materiallariga qoʻyiladigan talablar, normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholash tartibi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshiradilar
Hozirga qadar 12 ta vazirliklarning rahbar xodimlari va mutaxassislari norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha oʻz bilimlarini oshirishdi.
Kelgusida yana 60 dan ortiq vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va mutaxassislarining ushbu sohadagi malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Malaka oshirish kurslari shartnoma asosida pullik amalga oshiriladi va kurs yakunlari boʻyicha tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
Maʼlumot uchun: malaka oshirish kurslari 2022-yil 11-yanvardan
27-maygacha davom etadi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi