Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.05.2022



13:24:03 (GMT +5), Пш, 26 Мая 2022

Adliya xabari: “HELVETAS Swiss Intercooperation”ning O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtdi

Аҳамият беринг

Adliya xabari: “HELVETAS Swiss Intercooperation”ning O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtdi


Adliya vazirligi tomonidan “HELVETAS Swiss Intercooperation”ning O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Tashkilotning asosiy maqsadi – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sharoitlari va turmush sifatini yaxshilashga ko‘maklashish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish va boshqalardan iborat.

Tashkilot ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini 2021-2025-yillar davomida amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur loyiha byudjeti 4,8 million frankni tashkil etadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi