Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.05.2022



13:12:38 (GMT +5), Пш, 26 Мая 2022

Adliya vazirligi fermerlar va hokimlkilar o‘rtasidagi yerlarning uzoq muddatli ijara shartnomalarini to‘liq tuzishni oxiriga yetkazish choralarini ko‘radi!

Adliya vazirligi fermerlar va hokimlkilar o‘rtasidagi yerlarning uzoq muddatli ijara shartnomalarini to‘liq tuzishni oxiriga yetkazish choralarini ko‘radi!


Fermerning yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan asosiy hujjat – yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi hisoblanadi.

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi natijalari qariyb 10% fermer xo‘jaliklari bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari tuzilmaganligini ko‘rsatdi.

Shu maqsadda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan fermer xo‘jaliklari hamda tuman hokimlari o‘rtasida yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari to‘liq tuzilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimliklari hamda kadastr organlari bilan birgalikda tegishli tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Agarda siz tuman hokimi bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini tuzmagan bo‘lsangiz, mazkur masalada hududiy adliya organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.