Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



05:25:01 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi

Аҳамият беринг

Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi


Mamlakatimizning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, yurtimizda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashga, huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir qator huquqshunos hamkasblarimiz bayram munosabati yuzasidan maxsus unvon –martaba darajalari olganligi bilan tantanali taqdirlanishdi.

Joriy yilning 7-dekabr kuni maxsus unvon –martaba darajalari mutasaddi idoralarning xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.

“2-darajali yurist” maxsus unvon –martaba darajasi:

-Abduvaliyev Mashrabjon Ulug‘bek o‘g‘li -O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yuridik boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti;

-Salijanov Sherzod Sadikjanovich-Toshkent shahar hokimligi Yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsultilariga.

“3-darajali yurist” maxsus unvon –martaba darajasi:

-Hayitbayev Izzatbek Maqsudbekovich-O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsultiga berildi.

Bundan tashqari, 31 nafar yuridik xizmat xodimlari turli darajadagi maxsus unvon –martaba darajalari bilan taqdirlandilar.

Maxsus unvon –martaba darajalari uchun Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi 250-son qarorida yuridik xizmat xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lab borishi lozimligi nazarda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat faoliyatining takomillashuvi jamiyatda qonuniylikni ta’minlashning muhim omilidir.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi