Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



06:05:20 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Adliya vazirligining 2021-yil noyabr oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligining 2021-yil noyabr oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi


Adliya vazirligi tomonidan 2021-yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” sifatida Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boʻlim boshligʻi Norboyev Anvar Abdisalimovich topildi.

A. Norboyev ish faoliyatini 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasida 2-toifali ish yurituvchi kotib lavozimidan boshlagan. 2017-2018 yillar davomida – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, 2018-2019-yillarda esa – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining boʻlim boshligʻi etib tayinlangan hamda bugungi kunda ushbu lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

A.Norboyevning tadbirkorlik, mulkchilik, korporativ boshqaruv, qimmatli qog‘ozlar, monopolistik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qilish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish borasidagi faoliyati ayniqsa e’tirof etishga loyiq.

Adliya vazirligi jamoasi Anvar Norboyevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi