Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



06:39:18 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Adliya vazirligida yangi tayinlov

Аҳамият беринг

Adliya vazirligida yangi tayinlov


Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Hatamov Ma’sum Xayrulloyevich  Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

M.Hatamov  1988-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining  bakalavr, 2014-yilda esa  magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2012-yilda  Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida ish yurituvchi sifatida boshlagan. 2015-yildan  Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va turkumlash sho‘basi yetakchi maslahatchisi,  2017-yildan Notariat, advokatura va FHDYO organlari bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

M.Hatamov   2020-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi M. Hatamovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi