Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



05:23:40 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Normani toʻgʻri talqin qilaylik!

Аҳамият беринг

Normani toʻgʻri talqin qilaylik!


Bugun “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun bilan haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin” yoki “rulda boʻlgan holda telefonda gaplashishga ruxsat berildi” va shunga oʻxshash xabarlar tarqalmoqda.

Aslida qanday?

Kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga telefondan faqat “bluetooth”, quloqchin va boshqa qoʻlni band qilmaydigan garnituralar orqali foydalanishga ruxsat berilmoqda. Bu telefondan foydalanishga yoki unda gaplashishga ruxsat berildi degani emas.

Agarda haydovchilar rulda boʻlgan vaqtida telefondan bluetooth”SIZ, quloqchinSIZ va boshqa qoʻlni band qilmaydigan garnituralarSIZ foydalansa javobgar boʻladi. Shuni unutmaslik lozim.

Shuningdek, Qonun bilan mashina salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatishga ruxsat berildi, yaʼni buning uchun avval mavjud boʻlgan javobgarlik olib tashlandi.

Haydovchilardan iltimos, transport vositasini boshqarish paytida mashina salonining old qismidagi monitor (displey)da tele- yoki videodasturlarni tomosha qilish javobgarlikka sabab boʻlishini yodda tutishlari lozim. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1282 – moddasiga koʻra, BHMning bir baravari (hozirda 270 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Salonning old qismidagi monitor (displey)dan yoʻnalishni aniqlash yoki uzoq manzilni yaqin qilish maqsadida “GPS” qurilma sifatida foydalanish mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi