Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



05:19:55 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Ma’muriy hujjatlar og‘zaki, belgili, imo-ishora shaklida ham qabul qilinishi mumkin

Ma’muriy hujjatlar og‘zaki, belgili, imo-ishora shaklida ham qabul qilinishi mumkin


2021 yil 24 noyabr kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonun loyihasi mazmuni va mohiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab, Prezidentning “2022-2023 yillarga mo‘ljalangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishining mazmun va mohiyati to‘g‘risida tushuntirish berildi hamda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonun loyihasi, unga kiritilgan o‘zgartirishlar muhokama qilindi.

Qonun loyihasi joriy yil 24 sentyabr kun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ma’qullangan.

Mazkur Qonun davlatimiz rivojida, davlat organlarining fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarini bilan munosabatga kirishishida qonuniylikni ta’minlashda, huquqlarini himoya qilishda va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Ushbu Qonun ma’muriy organlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ma’muriy qaror qabul qilishida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Zero, ushbu Qonun ma’muriy tartib-taomillarning yagona huquqiy asoslarini belgilab beradi, ma’muriy-huquqiy sohasida jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qiladi, ma’muriy organlarning qonuniy ishlashashini ta’minlaydi.

Qonun loyihasiga quyidagi muhim o‘zgartirishlar kiritilgan:

ma’muriy tartib-taomillarning yagona huquqiy asoslari belgilanganligi, qo‘llanilish sohasi kengaytirilganligi;

“ma’muriy hujjat” tushunchasi kengroq ma’noga ega bo‘lgan “ma’muriy akt”ga o‘zgartirilganligi;

ma’muriy hujjat nafaqat yozma shaklda, balki og‘zaki, belgili, imo-ishora shaklida ham qabul qilinishi mumkinligi;

Qonun yangi prinsiplar bilan to‘ldirilganligi, ma’muriy shikoyat tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi;

ma’muriy ko‘maklashish, umumiy vakil, dalillarni so‘rab olish institutlari kiritilganligi;

prosessual hujjatni qabul qilish tartibi va mexanizmlari belgilanganayotganligi;

ma’muriy ish yuritish ishtirokchilaridan ma’muriy organ chiqarilayotganligi;

ma’muriy ish yur itishning eng ko‘p muddatlari belgilanmoqda;

dastlabki ma’muriy akt tushunchasi kiritildi. Ushbu qaror ma’muriy organ tomonidan yakuniy qaror chiqarishga asos bo‘lishi;

tinglanish imkoniyati manfaatdor shaxsga ma’muriy akt qabul qilinishidan oldin berilishi;

ma’muriy aktni bekor qilish va o‘zgartirish mexanizmlari tubdan yangilanganligi va takomillashtirilganligi, ma’muriy aktlar, hujjatlar hamda ma’muriy harakatlar ustidan sudgacha ma’muriy tartibda shikoyat berish mexanizmlari belgilanayotganligini ma’lum qildi.

Qonun loyihasi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi mas’ullari, ekspert va deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, uning Yangi O‘zbekiston rivojidagi ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi

Shundan so‘ng, deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi