Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



06:19:45 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi


Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sattarov Saloxiddin Ulug‘bekovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Sattarov 1980-yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi
lavozimidan  boshlab, turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Saloxiddin Sattarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.