Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



06:52:47 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi


Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdurasulov Sunatillo Tojimurodovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Abdurasulov 1984-yilda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2006-yilda Samarqand davlat universitetini, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007-yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Sunatillo Abdurasulovni ushbu yangi lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.


Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi