Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.05.2022



14:39:15 (GMT +5), Пш, 26 Мая 2022

Adliya vaziri poytaxtimizdagi Yunusobod hamda Uchtepa tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarining qurilish ishlari bilan tanishdi

Аҳамият беринг

Adliya vaziri poytaxtimizdagi Yunusobod hamda Uchtepa tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarining qurilish ishlari bilan tanishdi


Joriy yilning 27 -noyabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yunusobod hamda Uchtepa tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari yangi binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Yunusobod tumani aholi soni ko‘pchilikni tashkil etadigan poytaxtimizdagi katta tumanlardan biri hisoblanadi. Tumanda jami 319 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

R.Davletov Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazining zamonaviy binosidagi qurilish-montaj ishlari bilan tanishar ekan, binolarni barpo etayotgan investorlar bilan uchrashuvda zamonaviy binolarda xalqimizga sifatli va har tomonlama qulay bo‘lgan sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, binoning qurilish jarayonida Markazlarga tashrif buyurgan fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida binoning kengligiga hamda uning yorug‘ligiga alohida eʼtibor qaratdi va bu borada masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar hamda zarur bo‘lgan tavsiyalarni berdi.

Shundan so‘ng, Uchtepa tumanida bunyod etilayotgan Davlat xizmatlari markazining yangi binosidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda fuqarolar uchun qulayliklar yaratish, ularga shaffof va tezkor xizmat ko‘rsatish davlat xizmatlarini ko‘rsatishning asosiy tamoyili ekanligini yana bir bor taʼkidladi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda poytaxtimizda 4 ta yangi zamoniviy Davlat xizmatlari markazlari foydalanishga topshirildi. Tez kunlarda yana 2 ta yangi Davlat xizmatlari markazlari binolarida qurilish ishlari yakunlanadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi