Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



06:32:43 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Adliya vazirligida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.

Adliya vazirligida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.

Bugun, 26-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Mehribonlik uylarining 9-11-sinf tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.


Maʼlumot uchun: 1954-yil “20-noyabr – Jahon bolalar kuni” sifatida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan va har yili ushbu kun butun dunyo bolalar kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari dastlab vazirlikning markaziy apparatidagi tarkibiy boʻlinmalari ish jarayoni bilan tanishib, vazirlik kutubxonasiga sayohat qilishdi.

Yoshlar vazirlik va muzey boʻylab ekskursiya davomida huquq muhitiga shoʻngʻib ketdilar, huquqshunoslik tarixi, adliya tizimi, organlari va muassasalari bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik taʼlimga hamda yuridik sohaga boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida mutaxassislar tomonidan taqdimotlar ham tashkil etildi.

Yoshlar tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti, akademik litsey va yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun topshiriladigan fanlar to‘plami, o‘qish jarayonlari hamda chet tillariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonida atroflicha javob berildi.

Tadbir soʻngida yoshlarga vazirlikning esdalik sovgʻalari, jumladan, yoshlar huquqlari boʻyicha “Yoshlar ensiklopediyasi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblari topshirildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini Adliya vazirligiga tashrif buyurishi, uning tarixi va faoliyatini oʻrganishi hamda mutaxassislar bilan muloqot qilishi ularni kelajakda huquqshunoslik kasbini tanlashiga turtki boʻlib xizmat qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi