Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



06:34:38 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmuni-mohiyatini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmuni-mohiyatini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.


Bugun, 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmuni-mohiyatini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Unda davlat organlari va idoralarining yuridik xizmat xodimlari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, hududiy adliya boshqarmalari va yuridik xizmat markazlarining 300 dan ortiq mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirdan maqsad – davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibga soluvchi maʼmuriy reglamentlar ishlab chiqishda, aholiga turli xizmatlar koʻrsatishda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunni qoʻllashga doir tushuntirishlar berish, Qonunning prinsiplari ustuvorligini taʼminlash boʻyicha yagona amaliyotni shakllantirishdan iborat.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarga moʻljalangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishini amaliyotga tatbiq etish uchun “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunining oʻrni juda katta.

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼmuriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼmuriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.

Qayd etilishicha, davlat organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslar orasidagi munosabatlar turli qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan belgilangan. Ulardagi tartiblarning turlicha ekanligi davlat organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda vakolatdan chetga chiqish, majburiyatlarni bajarmaslik, ogʻzaki topshiriqlarga asosan faoliyat yuritish kabi tizimli kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Yuqoridagi qonun bilan davlatning oʻzi fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlaridagi harakat doirasini aniq belgilab, ularni bir qolipga tushirishga xizmat qilmoqda.

Sohada bir qator muammolar ham mavjud. Jumladan, barcha davlat organlari tomonidan ham mazkur Qonun normalari birday qoʻllanmasligi, davlat xizmatlari koʻrsatishda turlicha amaliyotni shakllantirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qiyinlashtiruvchi tartib-taomillarning saqlab qolinayotganligi muammolari tadbir ishtirokchilarining diqqat markazida boʻlgan mavzuga aylandi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilda qabul qilingan aholining davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish qaratilgan PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlarida aholi tadbirkorlik subyektlaridan soʻrab olish taqiqlangan 35 turdagi hujjat va maʼlumotlarni hanuzgacha talab qilish holatlari aniqlanganligi, bu esa byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi va maʼmuriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi prinsiplarining toʻgʻri ishlashiga toʻsiq boʻlmoqda.

Seminar davomida davlat organlari yuridik xizmat xodimlariga aholi va tadbirkorlik subyektlaridan soʻrash bekor qilingan hujjat va maʼlumotlarni “bir darcha” orqali olish tartibi va mexanizmlari boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻquv seminarda ishtirok etgan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ) xalqaro ekspertlari Yorg Pudelka, Byorn Farriyeslar Qonunning davlat xizmatlari koʻrsatish va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi ahamiyati haqida soʻz yuritib, bu boradagi Germaniya tajribasi bilan boʻlishishdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga ma’muriy tartib-taomillarni tushuntirish, amaliyotdagi muammolar va ularning huquqiy echimlariga bag‘ishlangan kitob va qo‘llanmalar tarqatildi.

Adliya vazirligi
Jamaotchilik bilan aloqalar boʻlimi