Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 08.12.2021



04:38:20 (GMT +5), Пш, 9 дек 2021

Adliya vazirligi mutaxassislari tomonidan “NNTlar maktabi” ishtirokchilariga axborot sessiyasi o‘tkazildi

Аҳамият беринг

Adliya vazirligi mutaxassislari tomonidan “NNTlar maktabi” ishtirokchilariga axborot sessiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 25-noyabr kuni Adliya vazirligi “Yukalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda NNTlar maktabi ishtirokchilari uchun navbatdagi axborot sessiyasiтш tashkil etdi.


Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari va faollariga O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohasidagi qonunchilikdagi yangiliklar, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari tushuntirildi.

Jumladan, Adliya vazirligi mutaxassislari NNTlar faoliyatining huquqiy jihatlari, hisobot berish tartibi, rejalashtirilgan, shu jumladan xorijiy donorlar va hamkorlar ishtirokidagi tadbirlar va loyihalardan xabardor qilish tartibi haqidagi savollarga batafsil javob berdi.

Adliya vazirligi tomonidan ushbu jarayonlarni yanada soddalashtirish uchun zamonaviy texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda, elektron xizmatlar joriy etilmoqda. Masalan, e-ngo.uz veb portali yaratildi, u orqali NNTlar bir qator xizmatlarni elektron ko‘rinishda olishi mumkin. Xizmatlar qatorida —nodavlat notijorat tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, NNT va ularning ramzlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, rejalashtirilgan tadbirlar haqida oldindan xabardor qilish, yillik faoliyat hisobotlarini taqdim etish.

Shuningdek, jahon kraudfanding bozorining rivojlanish tendentsiyalari, uning asosiy afzalliklari va modellari, O‘zbekistonda kraudfanding vositalaridan foydalanish jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: “NNTlar maktabi” “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida tashkil etildi. Maqsad — tashkiliy rivojlanish, ilg‘or tajribalar bilan almashinish uchun maydon yaratish va bu asosida NNT vakillarining loyihalar yozish va ularni boshqarish, fandrayzing va kraudfanding sohalaridagi salohiyati va malakasini oshirish.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi