Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 08.12.2021



04:09:03 (GMT +5), Пш, 9 дек 2021

Respublika sud ekspertiza markazining yangi binosi yuzasidan rasmiy maʼlumot.

Respublika sud ekspertiza markazining yangi binosi yuzasidan rasmiy maʼlumot.


X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi uchun Toshkent shahri Fargʼona yoʼli koʼchasida 4 ta (А, B, V va G) blokdan iborat yangi binolar majmuasi 2019 yilda Respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan qurilgan. Ushbu obʼekt qurilishida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yagona injiniring kompaniyasi buyurtmachi hisoblangan.

Markaz uchun qurilgan ushbu yangi binolar va ularda joylashgan laboratoriyalar Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan auditdan oʼtkazilib, sud ekspert muassasalariga qoʼyilgan talablarga toʼla mos kelishi eʼtirof etilgan va Markazga 2020 yilda

ISO 17025/2019 xalqaro muvofiqlik sertifikati berilgan.

Hozirgi kunda Markaz maʼmuriyati joylashgan А-blok binosi oʼrniga uning orqa qismidan boshqa laboratoriyalarga tutash va barcha talablarga javob beradigan yangi bino qurilib, xodimlar unga koʼchirilgan. Ushbu yangi bino tadbirkorlik subʼekti mablagʼlari hisobidan qurib bitkazilgan hamda Markazga begʼaraz topshirilgan.

Markaz maʼmuriyati koʼchib oʼtgan yangi maʼmuriy bino Markazning boshqa laboratoriyalari bilan oʼzaro bogʼlangan va uning ish faoliyatiga hamda xalqaro standart talablari boʼyicha ish yuritishiga taʼsir koʼrsatmaydi. Eski bino buzilgandan keyin uning oʼrnida boshqa bino qurilmaydi va uning hududi obodonlashtirib qoʼyiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi