Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 08.12.2021



04:59:35 (GMT +5), Пш, 9 дек 2021

Notariat sohasining elektronlashtirilashi muammolarni qanchalik hal etmoqda?

Аҳамият беринг

Notariat sohasining elektronlashtirilashi muammolarni qanchalik hal etmoqda?


2021-yil 24-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Notariuslar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etib, so‘ngi yillarda notariat sohasidagi muhim ishlar xususida ma’lumot berishdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi PF–5816-son “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan xususiy notariuslar instituti joriy etildi.

Ushbu Farmonga asosan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilgan yangi tizim quyidagi dastlabki natijalarni berdi:

1) notariuslar soni 7,5 foizga oshdi, natijada 3 mingga yaqin fuqarolar ish bilan ta’minlandi;

2) davlat notarial idoralarini saqlash xarajatlaridan 300 mlrd so‘mdan ortiq davlat mablag‘lari iqtisod qilindi;

3) notariuslar orasida raqobat shakllandi va notarial idoralarda navbat kutish muammosi bartaraf etildi;

4) fuqaro va tashkilotlarning notariatga oid murojaatlari soni 40 foizga kamaydi;

5) 14 ta idoraning 20 ta tizimlari “Notarius” elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi natijasida notarial harakatlarni amalga oshirishdagi byurokratiya va qog‘ozbozliklar keskin kamaydi.

Bundan tashqari, notariat sohada quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda.

Notariat sohasi elektronlashtirilmoqda:

notarial harakatlarni amalga oshirish uchun Notarius axborot tizimi yaratildi;

notarial harakatlarni amalga oshirish uchun elektron navbatga yozilish imkoniyati yaratildi;

to‘lovlar to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazildi, Billing tizimiga ulandi;

notarial harakatlarni amalga oshirish to‘liq raqamli ko‘rinishga o‘tkazildi;

notariatning faol modeli ishga tushirildi;

reestr kitoblari elektron shaklda yuritilmoqda;

notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarni tasdiqlash barmoq izlarini skaner qilish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda;

videokonferentsaloqa rejimida va elektron raqamli imzodan foydalangan holda masofaviy notarial harakatlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda;

aholining elektron murojaatlarini qabul qilish hamda ularga servis xizmatlar ko‘rsatish maqsadida e-notarius veb-sayti yaratildi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish borasida:

ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi gerbli blankda rasmiylashtirila boshlandi;

ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, hadya va ayriboshlash shartnomalarini amalga oshirishda hududiylik prinsipi bekor qilindi;

ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlangandan so‘ng, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida kadastr organidan ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy qilindi;

vasiyatnoma hamda ayrim murakkab notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqaroning hujjatni imzolash jarayoni audio va videotasmaga tushirilmoqda;

Xususiy notariuslar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi:

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni bilan O‘zbekistonda xususiy notarial faoliyatga ruxsat berildi va 2020 yil 1 maydan dastlabki xususiy notariuslar ish boshladi;

xususiy notariuslarning moliyaviy imkoniyatlari mustahkamlab berildi;

jamiyatda notariuslarning faolligi oshdi;

endilikda notarial idoralarda navbat kutish muammosi bartaraf etildi;

notariat sohasida erkin raqobat muhiti shakllandi va notariuslar aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni boshladi;

notariuslar soni ko‘payishi natijasida uzoq aholi punktlarida notarial xizmatlarning to‘la joriy etilishiga erishiladi, aholining davlatga ishonchi yanada ortadi;

bugungi kun holatiga respublika bo‘yicha 880 nafar notarius (876 nafar xususiy notarius va 4 nafar davlat notariusi), 2060 nafar stajyor, yordamchi va kotiblar faoliyat yuritmoqda, bir yilda o‘rtacha 3,8 mln notarial harakatlar amalga oshirilmoqda

Kadrlarni tayinlash, joy-joyiga qo‘yish va ishini tashkil etish bo‘yicha:

notariuslarning ish faoliyatini baholash tizimi joriy etildi;

Oliy malaka komissiyaga faqat elektron murojaat qilish tartibi o‘rnatildi;

notarius lavozimlariga nomzodlarni tanlov (malaka imtihoni) asosida tanlab olish jarayoni Real vaqt rejimida videotranslyasiya qilinmoqda.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi