Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 08.12.2021



04:23:11 (GMT +5), Пш, 9 дек 2021

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizasi – adliya vazirligi e’tiborida.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizasi – adliya vazirligi e’tiborida.


Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 19 noyabr kuni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun “Qonun hujjatlari loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning nazariy va amaliy jihatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Lingvistik ekspertiza va tahririyat bo‘limi, Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti, vazirlik huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari, lingvist olimlar normativ-huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi, amaliyotda uchrayotgan muammolar va unga yechimlar borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan lingvistik ekspertiza yuzasidan bildirilgan savollarga malakali mutaxassis va olimlar tomonidan javoblar berildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi