Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 03.12.2022



09:07:13 (GMT +5), Дш, 5 дек 2022

Samarqand viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi RSS обуна

Аҳамият беринг

Samarqand viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 14-noyabr kunidagi 12-son yig‘ilish qaroriga asosan, boshqarma boshlig‘ining 2022-yil 15-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan

▪️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D. Yusupova (litsenziya SA № 0056, 24.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 16-noyabr kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga,
▪️Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G‘. Xoshimov (litsenziya SA № 0051, 23.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 16-noyabr kunidan e’tiboran 2 (ikki) oy muddatga,
▪️Kattaqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A. Mirshayev (litsenziya SA № 0079, 21.02.2022-yil) ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 16-noyabr kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.