Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.12.2022



14:37:09 (GMT +5), Сш, 6 дек 2022

Adliya vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov eʻlon qiladi RSS обуна

Аҳамият беринг

Adliya vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov eʻlon qiladi


Tanlov maqsadi – Adliya vazirligi tomonidan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi doirasida yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kursida (4-bosqich) oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik vazirlikning kadrlar zaxirasiga kiritish.

Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar Adliya vazirligida stajirovka o‘taydi, stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar vazirlikning ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan suhbatning ijobiy natijasi asosida mavjud malaka va mutaxassislikka mos boʻlgan vazirlik tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilishga tavsiya qilinadi.

Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan faqat bitiruvchi bosqich talabalari ma’lumotnoma-obyektivkasini (yoki CV) @adliya-yoshmutaxassis-bot telegram boti orqali yuborishi lozim.

Hujjat taqdim qilish muddati: 2022 yil 17 noyabrgacha.

Ushbu havola orqali Adliya vazirligi tomonidan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi bilan batafsil tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: 71-207-04-42 (1045)