Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.12.2022



14:31:54 (GMT +5), Сш, 6 дек 2022

Jizzax viloyatida ikki nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi RSS обуна

Jizzax viloyatida ikki nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi


O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2 -moddasiga muvofiq Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 13-sentabrdagi 181-um-son buyrug‘iga asosan,

▫️Zomin tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Amanlikovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga (3-oktabrdan 3-noyabrgacha),

▫️Zarbdor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Artikmurodovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga (3-oktabrdan 3-noyabrgacha) to‘xtatildi.