Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 06.12.2022



14:03:33 (GMT +5), Сш, 6 дек 2022

Samarqand viloyatida olti nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi RSS обуна

Samarqand viloyatida olti nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 7-oktyabr kunidagi 11-son yig‘ilish qaroriga asosan, boshqarma boshlig‘ining 2022-yil 10-oktyabrdagi 327-um-sonli buyrug‘i bilan

▫️Ishtixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Baxromovning (litsenziya SA 0063, 22.06.2020-yil) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 10-oktyabr kunidan 3 (uch) oy muddatga,

▫️Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Nabiyevaning (litsenziya SA 0072, 17.11.2020-yil) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 10-oktyabr kunidan e’tiboran 3 (uch) oy muddatga,

▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Baxramovaning (litsenziya SA 0014, 22.06.2020-yil) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 10-oktyabr kunidan e’tiboran 2 (ikki) oy muddatga,

▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Shukurovaning (litsenziya SA 0069, 15.10.2020-yil) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 10-oktyabr kunidan 1 (bir) oy muddatga,

▫️Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G‘.Xoshimovning (litsenziya SA № 0051, 23.04.2020-yil) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 10-oktyabr kunidan e’tiboran 15 (o‘n besh) kun muddatga, ▫️Jomboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Azizovning (litsenziya SA № 0064, 22.06.2020-yil) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 10-oktyabr kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.