Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.05.2022



15:12:40 (GMT +5), Пш, 26 Мая 2022

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ayrim notariuslarning litsenziyalari vaqtincha toʻxtatildi. RSS обуна

Аҳамият беринг

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ayrim notariuslarning litsenziyalari vaqtincha toʻxtatildi.


O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 152-moddasiga asosan Jizzax viloyat adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining 2022-yil 28-martdagi 3-son majlislari bayonnomasiga asosan:

Jizzax viloyatida:

G'allaorol tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius Egamov Dilmurod Xayrullayevichga berilgan (litsenziya GZ 0013, 21.04.2020y) xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi 2 oy muddatga ya'ni 2022-yil 29-martdan 2022-yil 29-mayga qadar to'xtatildi.

Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Suyunboyev Akrom Bozorboyevichga berilgan (litsenziya GZ 0009, 21.04.2020 y) xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to'g'risida qaror qabul qilinguniga qadar bo'lgan muddatga to'xtatildi.