Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 25.05.2022



02:32:10 (GMT +5), Пш, 26 Мая 2022

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! RSS обуна

Аҳамият беринг

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga!

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Navoiy viloyati adliya boshqarmasi balansida boʻlgan sobiq maʼmuriy binosi va Navoiy shahar FHDYO boʻlimining sobiq binosini buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.


Buzilgan binoning oʻrniga xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan koʻp qavatli noturar joy bino-inshootidan kamida 2000 kv.m qismini toʻliq taʼmirlangan tayyor holatda va toʻliq jihozlagan holda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi balansiga topshirish.

Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Qurilish amalga oshiriladigan manzil: Navoiy viloyati adliya boshqarmasi balansida boʻlgan Navoiy shahar, Spitamen koʻchasi, 4a-uyda joylashgan boshqarma sobiq maʼmuriy binosi va Navoiy shahar, Qizilqum 1-daha koʻchasi, 39a-uyda joylashgan Navoiy shahar FHDYO boʻlimining sobiq binosi

Qurilish yer maydoni: 0,56 (ga)

Qurilish maqsadi: Navoiy viloyati adliya boshqarmasi balansida boʻlgan sobiq maʼmuriy binosi va Navoiy shahar FHDYO boʻlimining sobiq binosini buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli noturar joy bino-inshootini qurish

Maʼlumot uchun: (88) 008-50-59

Tanlov shartlari:

1. Navoiy shahar adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Notarial arxiv, Notarial palataning viloyat boshqarmasi, Intelektual mulk himoyasi markazi hamda 2 ta notarius uchun maydoni kamida 2 000 kv.m. tashkil qiladigan zamonaviy, “ochiq adliya” tamoyiliga toʻliq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega boʻlgan “tayyor holatda”gi
(pod klyuch) noturar binosini koʻpi bilan 10 oy muddatda qurib, topshirish;

2. Yangi binoga joylashtiriladigan idoralar faoliyati uchun zarur boʻlgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy texnik inventarlar, yaʼni mebel jihozlari, stellaj, kompyuter, printer va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash.

Bunda kompyuter vositalari halqaro standartlarga (belaya sborka) toʻliq javob berishi lozim;

3. Boshqarma balansiga kamida 4 ta (Zarafshon shahrida 1 ta, Navoiy shahrida 3 ta) ikki xonali kvartiralarni “tayyor holatda” (pod klyuch) mebel jihozlari va maishiy texnika vositalari bilan birga xizmat uyi sifatida oʻtkazib berish;

4. Majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari sifatida boshqarmaning sobiq maʼmuriy binosi va FHDYO boʻlimining sobiq binosi davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfini oldini olish boʻyicha Investor hisobidan sugʻurta qilinadi hamda boshqarmaning sobiq maʼmuriy binosi va FHDYO boʻlimi sobiq binosining kamida 125% qiymatidagi (oxirgi baholash xulosasiga koʻra kamida 4,6 mlrd. soʻm) Investorning koʻchmas mulklariga nisbatan notarial tartibda garov shartnomasi rasmiylashtiriladi;

5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun Investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;

– bajarilgan ishlar sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, Investordan sifati lozim darajada boʻlmagan ishlar qiymatining
20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;

– Investor tomonidan majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari koʻriladi.

Bunda toʻliq va oʻz muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga oʻtkaziladi;

– loyiha oʻz vaqtida bajarilmasligi oqibatida Davlat sherigiga yetkazilgan zararni undirish Investorning garovga olingan koʻchmas mulkiga nisbatan qaratiladi;

– shartnoma majburiyatlari boʻyicha kelib chiqqan nizolar Davlat sherigi joylashgan manzildagi sud tomonidan hal etiladi;

– taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilmagan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablari doirasida hal etiladi

Yuqoridagi manzillarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashishlari mumkin.

Takliflar joriy yilning 8-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

Qurilish maydoni joylashgan joy: