Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 03.12.2022



09:14:16 (GMT +5), Дш, 5 дек 2022

RSS обуна

Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil davomida norma ijodkorligi faoliyati sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

2021-yil davomida Adliya vazirligiga jami 2554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich 2020-yil yilda 2805 tani tashkil etdi.


2021-yilda kelib tushgan 2554 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridan 2246 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan. Xususan, kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridan:

1606 tasi ya’ni  63% ga ijobiy xulosa berilgan;

948 tasi – 37% qaytarilgan (640 tasi– 67,5% konseptual e’tirozlar bilan,
308 tasi – 32,5 % belgilangan tartibda kiritilmaganligi bois).

2021-yil davomida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 2246 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga jami 14 092 ta (har bir loyihaga o‘rtacha 6,2 tadan) e’tiroz bildirilgan (2020 yilda 2590 ta loyihaga 16 862 ta, har bir loyihaga o‘rtacha 6,5 tadan e’tiroz bildirilgan). Xususan:


2021-yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqqan vazirlik va idoralardan Moliya vazirligi (114 ta), Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi (105 ta) hamda Ichki ishlar vazirligi (93 ta) norma ijodkorligi sohasida eng aktiv faoliyat olib borgan davlat organlari sifatida ko‘rsatish mumkin.

Davlat organlari norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatining raqamlardagi ifodasi quyidagicha:


Davlat organlari tomonidan 2021 yil davomida huquqiy ekspertiza uchun yuborilgan loyihalar statistikasi


II. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan.

Yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish jarayonida Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar sonini imkon qadar qisqartirish, fuqarolar manfaatlariga daxl qiluvchi normalarni yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar, birinchi navbatda qonunlar darajasida belgilash yo‘lini tutdi. Misol uchun, Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2021-yil davomida jami 567 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar taqdim etilgan bo‘lib, ularning 273 tasi yoki 48% davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan jami 7 ta idoraviy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, shuningdek hamkorlikda 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Xususan: amaldagi 800 ga yaqin idoraviy hujjatlarni “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekison Respublikasi adliya vazirining 2 ta buyruqlari (ro‘yxat raqamlari 3313, 2021-yil 28-iyul; 3338, 2021-yil, 30-noyabr) ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Uch bosqichda amalda oshirilgan chora-tadbirlar natijasida amalda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan jami 195 ta idoraviy hujjatlarni (84 ta yaxlit va 111 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar), shulardan yaxlit 49 tasi faqat rus tilida qabul qilingan amaldagi idoraviy hujjatlarni Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli 3 ta buyruqlari (ro‘yxat raqamlari 3293, 2021-yil 31-mart; 3298, 2021-yil 6-may; 3340, 2021-yil 3-dekabr) ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekison Respublikasi adliya vazirining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3344, 2021-yil 28-dekabr) ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda idoralararo kollegial organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy hujjatlarni yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat shakliga o‘tkazish orqali 7 ta idoraviy hujjatni bekor qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi, shuningdek sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va davlat zaxiralari sohasidagi idoraviy hujjatlarni unifikatsiya qilish orqali amaldagi 174 ta idoraviy hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi loyihalari ishlab chiqildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan tasdiqlandi.

III. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish yuzasidan yuzasidan

2020-yil 1-iyuldan boshlab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda – texnik hujjat) Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va ijobiy xulosa olingan taqdirda hisobga olish tartibi joriy etilgan.

Ta’kidlash lozimki, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish uchun Adliya vazirligiga taqdim etilayotgan texnik hujjatlar soni 2021-yilda sezilarli darajada oshdi. Xususan, 2020-yilning 6 oyida Adliya vazirligiga jami 25 ta texnik hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 254 tani tashkil etdi.

2021-yil davomida Adliya vazirligiga taqdim etilgan 254 ta texnik hujjatni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, ularning 65 tasi (25 foiz) ijobiy xulosa asosida hisobga olindi.

Huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish statistikasi

T/r

Vazirlik

va idoralar nomi

Huquqiy ekspertizadan va davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar

Davlat ro'yxatidan

o'tkazilgan hujjatlar

Davlat ro'yxatidan o'tkazish

rad etilgan hujjatlar

Davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydigan toifa deb topilgan hujjatlar

Qaytarib olingan

hujjatlar

1.

Markaziy bank

56

35

15


6

2.

Moliya vazirligi

54

33

18



3.

Ichki ishlar vazirligi

31

15

11


5

4.

Adliya vazirligi

30

29



1

5.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

29

13

12

1

3

6.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

28

7

16

1

2

7.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

26

12

12


1

8.

Davlat bojxona qo‘mitasi

23

16

6



9.

Oliy attestatsiya komissiyasi

22

7

15



10.

Xalq ta’limi vazirligi

19

7

8

1


11.

Davlat soliq qo‘mitasi

16

9

7



12.

“O‘zarxiv” agentligi

14

5

9



13.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

12

 4

6


2

14.

Milliy gvardiya

12

3

4


4

15.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

12

5

7



16.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi

12

3

7


2

17.

Davlat statistika qo‘mitasi

11

6

4


1

18.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqatirish vazirligi

10

4

6



19.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

10

1

4

4


20.

Boshqa tashkilotlar

140

59

64

3

9

JAMI

567

273

231

10

36

*hujjatlarning qolgan 17 tasi (8 %) keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan

2021-yil davomida idoraviy normativ-huquqiy huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish eng ko‘p rad etilgan davlat organlari qatorida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 16 ta (57%), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 12 ta (50%), Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 ta (41%), Ichki ishlar vazirligining 15 ta (35%) hamda “O‘zarxiv” agentligini 9 ta (64%) misol tariqasida keltirishimiz mumkin.


III. Vazirlikning norma ijodkorligi faoliyati.

Olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida vujudga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil davomida 202  ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi. Shundan: