Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 21.01.2022



05:11:56 (GMT +5), Яш, 23 янв 2022

Адлия органлари ва муассасаларида бўш иш ўринлари

12.11.2021

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Huquqiy siyosat tadqiqot institutidagi

bo'sh(vakant) lavozimlar bo'yicha

E'LON

Vakant lavozimlar nomi:

1. Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni o'rganish bo'limi yetakchi maslahatchisi

Lavozimning faoliyat yo'nalishi:

Sud-huquq sohasida:

- qonun hujjatlari qo'llanilish amaliyotini tahlil qilish;

- qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o'tkazish;

- qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

- qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

- qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o'rganish.

2. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o'rganish bo'limi yetakchi maslahatchisi

Lavozimning faoliyat yo'nalishi:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:

- qonun hujjatlari qo'llanilish amaliyotini tahlil qilish;

- qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o'tkazish;

- qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

- qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

- qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o'rganish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

- oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lish;

- qoida tariqasida yurisprudensiya sohasida 2 yillik ish staji;

- davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

- xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

- ilmiy-amaliy tadqiqotlar o'tkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;

- qonunchilik texnikasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida zarur bilimga ega bo'lish;

- kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

- yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

- mas'uliyatni his qilish, qat'iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-axloqqa ega bo'lish.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o'z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

- Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

- munosib ish haqi;

- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish

imkoniyati;                                            

- idoraviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati.

Qo'shimcha afzalliklar:

- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

- davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko'tarilish imkoniyati.

Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagi bo'lgan nomzodlar dastlab Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz veb-saytida ro'yxatdan o'tishi, vakant lavozimlarning vazifa-funksiyalari va ularga qo'yilgan rasmiy talablar bilan tanishib chiqishi, o'ziga maqbul keladigan lavozim uchun tegishli hujjatlar (shaxsiy varaqa (belgilangan namunadagi ma'lumotnoma-obyektivka); diplom (diplomdan ko'chirma)ning nusxasi, chet elda o'qigan bo'lsa, diplomining tan olish va nostrifikatsiyadan o'tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; 3x4 sm o'lchamdagi rangli fotosurati; fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi)ni 2021 yil 25 noyabr kuniga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tizimga biriktirishi lozim. Tanlovga oid barcha jarayonlarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali ishga qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish mumkin.

Eslatma:

Belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan hujjatlar;

lavozimning rasmiy malaka talablariga nomuvofiq bo'lgan hujjatlar;

namunaviy shaklda taqdim qilinmagan obyektivka-ma'lumotnomalar;

kasbiy va shaxsiy ma'lumotlari haqida noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumot aks ettirilgan hujjatlar Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to'g'risidagi nizom talabiga asosan rad etiladi.

Bog'lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili: 71 268-28-95, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o'tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining
71 268 28 95 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Back to the list